Shahboz Umarov O‘zbekistonga qaytdi
Sport
−
10 yanvar 2912 1 daqiqa
Qozog‘istoning “Tobol” klubi o‘zbekistonlik hujumchi Shahboz Umarov jamoani tark etganini rasman e’lon qildi. 26 yoshli futbolchi faoliyatini Toshkentning “Bunyodkor” klubi davom ettiradi. Bu haqda “qaldirg‘ochlar” matbuot xizmati xabar berdi.
Umarov 2025 yilning yozida Turkistonning “Turan” klubidan “Tobol” safiga qo‘shilgan. Shahboz 2025 yilgi mavsumda Qozog‘iston chempionatida 15 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol muallifi bo‘lgan.
Shahboz Umarov faoliyati davomida Qozog‘istonning “Ordabasi”, Belarusning “Energetik-BGU” va BATE klublari, shuningdek, O‘zbekistonning OKMK jamoasi sharafini himoya qilgan.
“Transfermarkt” portalining ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining hozirgi bozor qiymati taxminan 300 ming yevroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, Shahboz Umarov 2023 yilgi Osiyo kubogida O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida ishtirok etgan va bitta uchrashuvda maydonga tushgan.
Live
Barchasi