Turkmanistonda yashil ruchka va daftardan foydalanish shart qilib belgilandi

Olam

image

Turkmaniston hukumati maktab o‘qituvchilariga faqat yashil rangdagi ruchka va daftarlardan foydalanishni shart qilib qo‘ydi. Bu haqda kecha, 17 fevral kuni "Azatxabar" ma’lum qildi.

O‘qituvchilarning ta’kidlashicha, Turkmanistondagi yashil ruchkalar boshqa rangdagi ruchkalarga qaraganda qimmatroq, chunki ular Rossiya, Xitoy va Turkiyadan keltiriladi. Yashil ruchkalarning o‘rtacha narxi 45 manat, yashil daftarning narxi 50 manatni tashkil qiladi. 

Shuningdek, maktab va universitetlardagi erkak o‘qituvchilar bir xil milliy do‘ppilar, ayol o‘qituvchilar esa qizil rangdagi milliy liboslarni kiyishlari majburiy qilib belgilandi. 

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval Turkmaniston Prezidenti yoshlarni kompyuterdan "ajratib olish" bo‘yicha qarorni imzolagandi.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Turkmaniston

Baholaganlar

144

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing