Turkmaniston Prezidenti ham sammitga yetib keldi

Jamiyat

image

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham bugun, 3 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tadigan "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" birinchi sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga keldi. Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov ma’lum qildi.

Samarqand xalqaro aeroportida Oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Shundan so‘ng, Turkmaniston Prezidenti tashrif dasturiga muvofiq navbatdagi manzilga jo‘nab ketdi.

Ma’lumot uchun, Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi ilk sammit 3-4 aprel kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raislik qiladi va unda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston yetakchilari ishtirok etadi. 4-5 aprel kunlari esa “Silk Road Samarkand” kongress markazida birinchi Samarqand iqlim forumi bo‘lib o‘tadi. Forumda Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston rahbarlari, shuningdek, Yevropa Ittifoqi, BMT, xalqaro moliya institutlari va yetakchi ekologiya tashkilotlari vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 2 aprel kuni mazkur sammitda qatnashish uchun Yevropa Kengashi Prezidenti Antoniu Koshta, Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandga yetib borgandi. Mirziyoyev kecha, 2 aprel kuni kechqurun Yevropa Kengashi raisi Antoniu Koshta bilan, bugun, 3 aprelda esa Ursula fon der Lyayen bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Bugun, 3 aprel kuni esa Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon Samarqandga keldi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkmaniston Markaziy Osiyo – Evropa Ittifoqi Serdar Berdimuhamedov Samarqand sammiti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing