“Turkmaniston fuqaroligini olgan” rus blogeri “xorijiy agent” deb e’lon qilindi 

Olam

image

Avval xabar berganimizdek, rossiyalik jurnalist va bloger Ilya Varlamov Rossiyadan ko‘chib ketayotgani, Turkmaniston fuqaroligini olganini ma’lum qilgan edi. Rossiya Adliya vazirligi esa uni “xorijiy agent” deb e’lon qildi

“I.A.Varlamov davlat organlari tomonidan qabul qilingan qarorlar va ularning siyosati to‘g‘risida ishonchsiz ma’lumot tarqatgan, u xorijiy manbalardan yordam olgan”, deyiladi Adliya vazirligi bayonotida. 

“Xorijiy agent” Rossiyada xorijdan qo‘llab-quvvatlanadigan yoki “chet el ta’siri” ostida bo‘lgan shaxslarga beriladigan maqom bo‘lib, qonunga ko‘ra, “xorijiy agent”lar Rossiya Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tishi va o‘z maqomini OAV va internetda e’lon qilishi shart bo‘ladi. Ushbu me’yorlar 2012 yilda “Notijorat tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirishlar kiritilgandan keyin paydo bo‘lgan. U xalqaro tashkilotlar tomonidan Rossiyada inson huquqlarini cheklovchi qonun sifatida tanqid qilinadi. 

Ma’lumot uchun, Ilya Varlamov 2017 yildan buyon ijtimoiy tarmoqlarda shaharsozlik, qulay infratuzilma va siyosatga bag‘ishlangan kanallarni yuritadi. 2023 yil yanvar holatiga uning obunachilari soni 4 milliondan oshgan. Ko‘rsatuvlari 1,3 milliard marta tomosha qilingan. Varlamov dunyoning ko‘plab mamlakatlarida, shu jumladan, O‘zbekistonda ham bo‘lib, shaharsozlik, obodonlashtirish, infratuzilma muammolariga bag‘ishlangan foto va video materiallarni e’lon qilgan.

Ta’kidlash joizki, Ilya Varlamov joriy yilning 8 mart kuni Turkmaniston fuqaroligini olganini e’lon qilgan bo‘lsada, oradan bir kun o‘tib, bu xazil ekani, qanday qilib bunday mamlakat fuqaroligini olishni xohlash mumkinligini tushinmasligini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Turkmaniston Il'ya Varlamov rus blogeri xorijiy agent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing