Turkmaniston aviakompaniyasi Moskvaga boradigan reyslarni 1 oyga to‘xtatdi

Olam

image

“Turkmaniston havo yo‘llari” aviakompaniyasi Rossiyaning Moskva shahriga uchadigan muntazam reyslarini vaqtincha bekor qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 30 dekabrdan 31 yanvarga qadar “Ashxobod – Moskva – Ashxobod” yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshiriladigan reyslar bekor qilingan. Bu kabi qaror nima sababdan qabul qilingani ochiqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, 25 dekabr kuni Azerbaijan Airlines aviakompaniyasining Baku-Grozniy yo‘nalishidagi samolyoti halokatga uchragandi. Aviakompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, samolyotda 62 nafar yo‘lovchi va besh nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilishicha, 29 kishi omon qolgan. 38 kishi halok bo‘lgan.

Shundan so‘ng Azerbaijan Airlines aviakompaniyasi Baku-Grozniy yo‘nalishidagi Embraer 190 samolyotining halokatidan so‘ng Rossiyaning 10 ta shahriga parvozlarni to‘xtatgandi. Unga ko‘ra, aviakompaniya joriy yilning 28 dekabridan boshlab Rossiyaning o‘nta shahriga parvozlarni amalga oshirmaydi. Gap Mineralniye Vodi, Sochi, Volgograd, Ufa, Samara, Saratov, Nijniy Novgorod, Vladikavkaz, Grozniy va Maxachqa’la shaharlari haqida ketmoqda. Dastlab aviakompaniya yetti shaharga parvozlarni to‘xtatishini bildirgan, keyinchalik esa ro‘yxatga yana uchta shaharni qo‘shgan.

Azerbaijan Airlines bu qarorni xavfsizlik sababli qabul qilganini, Embraer 190 samolyoti avariyasi bo‘yicha dastlabki tergov yakunlangunga qadar parvozlar qayta boshlanmasligini ta’kidlagan. Shu bilan birga, aviakompaniya Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Astraxan, Qozon va Novosibirsk shaharlariga parvozlarni davom ettiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Moskva reys Turkmaniston aviakompaniyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing