Qozog‘istondagi samolyot qulashida halok bo‘lganlar soni ochiqlandi
Olam
−
25 dekabr
14627So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonning Aqtau shahrida Embraer samolyotining qulashi oqibatida 38 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Qozog‘iston Bosh vaziri o‘rinbosari Kanat Bozumbayev ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 29 kishi, jumladan, uch nafar bola shifoxonaga yotqizilgan.
Shuningdek, aviahalokatda halok bo‘lganlarning jasadlari qattiq kuygan, shaxsni aniqlashning alohida jarayoni kutilmoqda.
Samolyot bortida jami 67 kishi – 62 yo‘lovchi va besh ekipaj a’zosi bo‘lgan. Qurbonlar orasida 15 nafar Ozarbayjon, 9 nafar Rossiya fuqarosi, 2 nafar Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lgan, yana 3 kishining fuqaroligi aniqlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev imzolagan qarorga ko‘ra, 26 dekabr Ozarbayjonda motam kuni deb e’lon qilingandi. Qolaversa, Ozarbayjon havo yo‘llari Aqtau yaqinida halokatga uchragan yo‘lovchi samolyoti bo‘yicha tergov yakunlanguniga qadar Baku-Grozniy-Baku va Baku-Maxachqal’a-Baku barcha reyslarini bekor qilgan.
LiveBarchasi