Turkiyadan koronavirus yuqtirib kelgan ikki ayol sog‘aydi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirusga chalingan 896 bemorning yana ikki nafari sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu safar Farg‘ona viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan ham koronavirus infeksiyasiga chalingan 2 nafar bemor butunlay sog‘aydi. 

Tuzalganlardan biri (ayol) Andijon viloyatidan, ikkinchisi (ayol) esa Toshkent viloyatidan bo‘lib, joriy yil 25 mart kuni Turkiyadan Farg‘onaga charter reysi bilan kelishgan va karantinga olingan. Ularda 27 mart kuni koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan. Ushbu bemorlar shifokorlar tomonidan xalqaro standartlar asosida olib borilgan to‘g‘ri davolash muolajalar tufayli ayni paytda darddan to‘liq forig‘ bo‘lishdi.

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar jami 70 nafarni tashkil etmoqda. Bemorlardan 4 nafari vafot etdi. Ayni vaqtda mavjud bemorlar 822 kishini tashkil etmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, bugun Qashqadaryo viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan ham ikki bemor sog‘ayib chiqqan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

113

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing