Turkiyadagi zilzilada yana qurbon berildi

Olam

image

Bugun, 27 fevral kuni Malatya viloyatida sodir bo‘lgan yangi zilzila oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 69 kishi shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasi (AFAD) rahbari Yunus Sezer brifingda ma’lum qildi. 

“Malatyada zilzila natijasida hozirda bir kishi halok bo‘lgani ma’lum. 69 nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonalarga yetkazildi. Binolar qulagani haqida 20 dan ortiq xabar oldik. Hozirda 5 ta qulagan uy vayronalarida faol qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda”, deydi u. 

Kelgan ma’lumotlarga ko‘ra, 29 ta bino vayron bo‘lgan. Yashilyurt shahri meri Mehmet Chinor NTV telekanali efirida aytganidek, to‘rt qavatli uylardan birining vayronalari ostida odamlar bo‘lishi mumkin. 

AFAD xavflarni minimallashtirish bo‘limi boshlig‘i O‘rxan Tatar birinchi zilziladan keyingi uch hafta ichida 10,2 mingdan ortiq yerosti silkinishlari qayd etilganini ma’lum qildi.  

Turkiya janubi-sharqidagi Qahramonmarash viloyatida 6 fevral kuni 9 soatlik interval bilan 7,7 va 7,6 magnitudali zilzilalar sodir bo‘ldi. Yer silkinishlari, keyin yuzlab yerosti silkinishlari respublikaning 10 viloyati va qo‘shni mamlakatlarda sezilgan bo‘lib, ulardan Suriya eng ko‘p jabr ko‘rgan. 20 fevral kuni Hatay viloyatida 6,4 va 5,8 magnitudali ikkita yangi zilzila qayd etildi. Turkiyada qurbonlar soni 44 mingdan oshdi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiyadagi zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing