Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 3 381 nafarga yetdi

Olam

image

Kecha, 6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqida ro‘y bergan zilzila qurbonlari soni 3 381 nafarga yetdi. Bu haqda Turkiya Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) xabar berdi.

Qayd etilishicha, yer silkinishi oqibatida mamlakatda 20 426 kishi jabrlangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqiy viloyatlarida va Suriyaning bir qancha viloyatida 7,9 (dastlabki ma’lumotlarda 7,4) magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Keyinroq Turkiyada yana 7,7 magnitudali zilzila yuz berdi. Qo‘shni Suriyada esa halok bo‘lganlar soni 1444 nafarni tashkil etib, 3530 kishi yaralangan edi.

Buning ortidan Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an mamlakatda 7 kunlik milliy motam bo‘lishi haqidagi hujjatni imzoladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing