Turkiyada zilzila qurbonlari 46 mingdan oshdi

Olam

image

Turkiya janubi-sharqidagi zilzilalar qurbonlari soni 46 104 kishiga yetdi. Bu haqda Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an mamlakat Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha telemurojaatida ma’lum qildi. 

“Bugun, zilzilalarning to‘rtinchi haftasi o‘tgan ekan, biz boshdan kechirgan falokat ko‘lamini yanada aniqroq ko‘rmoqdamiz va yo‘qotishlarimiz og‘rig‘ini yanada chuqurroq his qilmoqdamiz”, deydi Turkiya rahbari. 

Davlat rahbari mamlakat hukumati tabiiy ofat oqibatida vayron bo‘lgan hududlarni tezda tiklashga qat’iy qaror qilganini ta’kidladi. 

“Maqsadimiz yaqin ikki oy ichida 244 mingta bino va 75 ming qishloq uyi qurilishini boshlash”, deydi Erdo‘g‘an. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, ulardan 22 mingtasi qurilishi boshlangan. 

Unga ko‘ra, zilziladan zarar ko‘rgan hududlarda 488 mingta yangi uy qurilishi rejalashtirilgan. 

Prezident tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan hududda ikki oy ichida 100 ming konteyner tipidagi uylar o‘rnatilishini ham ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya janubi-sharqidagi Qahramonmarash viloyatida 6 fevral kuni (7,7 va 7,6 magnitudali) ikki zilzila sodir bo‘ldi. Yer qimirlashlari va minglab yerosti silkinishlari respublikaning 11 viloyati va qo‘shni mamlakatlarda ham sezilgan bo‘lib, ulardan Suriya eng ko‘p jabr ko‘rgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiyadagi zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing