Turkiyada zavod portlashi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi (video)

Olam

image

Turkiya g‘arbida joylashgan Balikesir shahridagi zavodda portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda 12 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda CNN Türk xabar berdi.

Qayd etilishicha, Balikesir shahrining Karesi tumanida joylashgan portlovchi moddalar ishlab chiqaruvchi zavodda portlash yuz bergan. Mahalliy rasmiy Vali Ustao‘g‘lu hodisada 12 kishi halok bo‘lganini, uch nafar jarohatlangan kishi esa shifoxonaga yotqizilganini ma’lum qildi. Portlash zavodning kapsula ishlab chiqarish bo‘limida yuz bergan. Portlashdan so‘ng voqea joyiga tez tibbiy yordam, yong‘in o‘chirish va xavfsizlik xizmatlari yetib borgan. Jarohatlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatilgan va ular yaqin atrofdagi shifoxonalarga evakuatsiya qilingan.

Hududda xavfsizlik choralarini kuchaytirish maqsadida aholi voqea joyiga yaqinlashmaslikka chaqirilgan. Portlash sabablarini aniqlash uchun viloyat hokimligi va Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan keng qamrovli tergov ishlari boshlangan. Zavodda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish va portlashga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillar tekshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Mug‘la viloyatida vertolyot shifoxona binosi ustiga qulab tushgan edi. Oqibatda vertolyot bortidagi ikki uchuvchi va ikki tibbiyot xodimi halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya portlash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing