Turkiyada yana zilzila bo‘ldi
Olam
−
27 fevral 2023
31513Bugun, 27 fevral kuni Turkiyaning Malatya shahrida mahalliy vaqt bilan 12:04 da 5,8 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Bu haqda Yevropa O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi xabar berdi.
Zilzila epimarkazi Shonliurfa shahridan 123 kilometr shimoli-g‘arbda va Malatya shahridan 16 kilometr janubi-sharqda joylashgan bo‘lib, uning o‘chog‘i 2 kilometr chuqurlikda joylashgan. Qurbonlar va jarohatlanganlar haqida xabar berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 fevral kuni Turkiyada 7 balldan ortiq (mahalliy vaqt bilan soat 04:17 da – 7,7 ball va 13:24 da – 7,6 ball) ikkita kuchli zilzila sodir bo‘lgan edi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yer qimirlashi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 41 mingdan ortdi.
Umida Muxtorbekova
LiveBarchasi