Turkiyada zilzila qurbonlari 41 mingdan oshdi
Olam
−
20 fevral 2023
5244Turkiya janubidagi vayronkor zilzilalar qurbonlari soni 41 020 nafarga yetdi. Bu haqda Turkiyaning Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasi (AFAD) xabar berdi.
Zilzilalardan keyin 6210 dan ortiq yer silkinishlari sodir bo‘ldi, deya ta’kidladi departament.
AFAD ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Turkiya va xorijdan kelgan qidiruv-qutqaruv guruhlarining 19 436 nafar a’zosi joylarda ishlamoqda.
Tabiiy ofat hududiga Turkiya vazirliklari va tegishli muassasalar bilan birga xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan jami 216 ming 166 ta chodir o‘rnatilgan.
Eslatib o‘tamiz, 6 fevral kuni Turkiyada 7 balldan ortiq (mahalliy vaqt bilan soat 04:17 da – 7,7 ball va soat 13:24 da – 7,6 ball) bo‘lgan ikkita zilzila sodir bo‘ldi.
Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiyada tabiiy ofat qurbonlari munosabati bilan yetti kunlik milliy motam e’lon qildi. Turkiya davlat bayroqlari butun mamlakat bo‘ylab yarimga hilpiratildi.
Vayronkor zilzila qo‘shni mamlakatlarda, jumladan Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Kipr Respublikasi va Iroqda ham sezildi.
LiveBarchasi