Turkiyada vaziyat og‘ir. Mamlakat koronavirus aniqlanishi bo‘yicha Xitoy va Erondan o‘zib ketdi

Olam

image
Erishilgan natijalar tibbiyotimizning yutug‘i emas – Burxonov (intervyu) north_east

Erishilgan natijalar tibbiyotimizning yutug‘i emas – Burxonov (intervyu)

“Bosar-tusarini bilmagan deputat” mashmashasi: kim haq-u kim nohaq? north_east

“Bosar-tusarini bilmagan deputat” mashmashasi: kim haq-u kim nohaq?

Yangi turdagi koronavirus COVID-19 infeksiyasi bilan bog‘liq vaziyat Turkiyada juda qaltis tus olib bormoqda. Mamlakatda ushbu xastalikka chalinganlar 86 306 nafarni tashkil etmoqda. Kecha, 19 aprel kuni Turkiya bo‘ylab 3977 ta yangi holat aniqlangan. 127 kishi vafot etgan. Bugungacha vafot etganlar esa 2017 nafarni tashkil etmoqda. 

Turkiya kasallik tarqalish borasida Eron va Xitoydan ham o‘tib ketib, dunyo miyoqsidagi eng abgor holatdagi mamlakatlar ro‘yxatidan yettinchi o‘rinni egallamoqda. Ro‘yxatni AQSH boshlab berayotgan bo‘lsa, qolgan besh o‘rin Yevropa mamlakatlariga tegishli bo‘lib qolmoqda. 

Turkiyada koronavirusga chalingan birinchi bemor joriy yilning 10 mart kuni aniqlangan edi. Bugungacha mamlakatda 634 ming kishi ushbu kasallik uchun test topshirgan. Ayni vaqtda xastalikdan sog‘ayganlar 11 976 nafarni tashkil etmoqda. 

Mamlakatda koronavirus tarqalishiga qarshi choralar kech bo‘lsa-da kun sayin kuchaytirilmoqda. Shanba va yakshanba kunlari ko‘plab viloyatlarda komendantlik soati e’lon qilindi.

Hozir Turkiyadagi 30 ta yirik shaharlarga kirish va chiqish taqiqlangan. Xalqaro aviaqatnovlar to‘xtatilgan. Navbatdagi turistik mavsumning ochilishi noma’lum muddatga qoldirildi. 

Mamlakatning eng yirik va aholi zich joylashgan shaharlaridan biri Istanbuldagi eski aeroport – Mustafo Kamol Otaturk nomidagi sobiq Istanbul xalqaro aeroport yaqinida yangi shifoxona barpo etilishi kutilmoqda. 

Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, hozirda mamlakatdagi tibbiyot muassasalarida infeksiyaga chalinganlar uchun joylar yetarli.

Ikki hafta avval, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning qaroriga binoan mamlakatda fuqarolarga haftasiga 5 donadan bepul niqob tarqatilishi boshlandi. Niqob savdosiga nuqta qo‘yildi va niqob sotilishi bilan bog‘liq holatlar jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi aytildi.

10 aprel kuni soat 22:00 da Turkiyaning 31 viloyatida, jumladan Istanbul va Anqara kabi asosiy shaharlarda ham aholining ko‘chaga chiqishi taqiqlandi va komendantlik soati e’lon qilinishi aytildi. Kutilmagan ushbu bayonotdan so‘ng, yarim tun bo‘lishiga qaramay,  aholi o‘zini urdi. Bozorlar va do‘konlarda odamlar har qachongidan to‘lib toshdi. Non do‘konlari atrofida oxiri yo‘q navbatlar paydo bo‘ldi. Avtomobillar harakatlanishi keskin ortib ketdi.

Hatto, ba’zi joylarda odamlar o‘rtasida nizo kelib chiqib, bu yoqalashishgacha yetib bordi. Vaziyat bu ko‘rinishda davom etgach, aholiga suv va non yetkazib berish xizmatlari yopilmasligi, ular faoliyatini davom ettishi aytildi. Lekin, kech bo‘lgandi. Odamlar ro‘zg‘or g‘amida karantinni unutdi, niqoblarni taqish bilan bog‘liq talabga ham, masofa saqlash to‘g‘risidagi qoidaga ham amal qilmadi. Bu esa oradan ikki kun o‘tib o‘z natijasini ko‘rsatdi. Mamlakatda kasallanganlar soni keskin ko‘paydi. 

Eslatib o‘tamiz, Turkiyada koronavirusga chalingan bemorlardan biri O‘zbekiston fuqarosi. O‘zbekistonda esa Turkiyadan qaytgan 45 nafar fuqaroda koronavirus aniqlangan. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Turkiyada

Baholaganlar

413

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing