Turkiya Rossiya vaksinasini sotib olishdan voz kechdi
Olam
−
09 dekabr 2020
7250Turkiya koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasini sotib olishdan voz kechishga qaror qildi. Bu haqda Turkiya Sog‘liqni saqlash vaziri Fahriddin Koja aytib o‘tdi. Uning so‘zlarini “Habertürk” gazetasi keltirib o‘tdi.
"Rossiya vaksinasi – bu adenovirus vaksinasi. Muammo GLP (ishonchli laboratoriya amaliyoti) ga muvofiqligi yuzasidan paydo bo‘ldi. Rossiya bunga rioya qila olmadi. Shu sababli JSST va dunyo ushbu vaksinani sotib ololmaydi", dedi Turkiya SSV rahbari.
Kojaning so‘zlariga ko‘ra, Turkiyada ushbu vaksina litsenziyani ololmagan. "Shu bois u bizning manfaatlarimizga to‘g‘ri kelmadi", deya qo‘shimcha qilgan vazir.
Avvalroq, Koja 25 noyabr kuni yaqin kelajakda respublikada Rossiya vaksinasining toksikologik sinovlari boshlanishini aytgan edi. 27 noyabr kuni Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an Anqara koronavirusga qarshi vaksinani olib kirish bo‘yicha Moskva bilan muzokaralarni davom ettirayotganini e’lon qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyada aholini koronavirusga qarshi ommaviy emlash joriy yilning 11 dekabridan boshlanadi.
LiveBarchasi