Turkiyada ommaviy emlash qachondan boshlanishi ma’lum qilindi
Olam
−
03 dekabr 2020
5584Turkiya Sog‘liqni saqlash vaziri Fahriddin Kojaning ma’lum qilishicha, mamlakat aholisini koronavirusga qarshi ommaviy emlash joriy yilning 11 dekabridan boshlanadi.
Kojaning ta’kidlashicha, tibbiyot sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlar, shuningdek, 65 yoshdan yuqori bo‘lgan fuqarolar eng birinchi emlanadi.
Joriy yilning 11 dekabr kuni Turkiyaga Xitoy vaksinasining dastlabki partiyasi olib kelinishi kutilmoqda.
Kojaning so‘zlariga ko‘ra, shundan so‘ng, 65 yoshdan kichik bo‘lgan fuqarolar emlanadi. Asosan, surunkali kasalliklari bo‘lgan shaxslarga vaksina taqdim etiladi.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an mamlakatda ommaviy emlash ishlari mutlaqo bepul amalga oshirilishini ma’lum qilgan edi.
Bundan tashqari, mamlakat SSV rahbari Fahriddin Koja Turkiyada 25 noyabrdan Rossiya vaksinasining toksikologik sinovlari boshlanishini ma’lum qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an 20 noyabrdan mamlakatda koronavirusga qarshi kurash doirasida dam olish kunlari komendantlik soati joriy qilgan edi. Shundan so‘ng, 21 noyabrdan boshlab Turkiyadagi xorijlik sayyohlar mamlakatda dam olish kunlari amalda bo‘ladigan komendantlik soatiga rioya etmasligi mumkinligi belgilab berildi.
Joriy yilning 1 dekabridan cheklov choralari yana kuchaytirildi. Yangi choralarga ko‘ra, ish kunlari mahalliy vaqt bilan soat 21:00 dan ertalab soat 05:00 gacha mamlakat bo‘ylab komendantlik soati amalda bo‘ladi.
LiveBarchasi