Turkiyada karantin kuchaytirildi
Olam
−
17 avgust 2020
16348Turkiyada fuqarolarning alohida toifalari uchun karantin cheklovlari kuchaytirilyapti. Bu haqda Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi choralar Siirt, Gaziantep, Istanbul, Elazig‘, Van, Kayseri, Bartini viloyatlariga taalluqli. Ushbu provinsiyalarda 65 yoshdan kattalarga jamoat transportidan foydalanish, savdo markazlari va bozorlarga borishga hamda ommaviy tadbirlarga borishga cheklov o‘rnatildi.
Bundan tashqari, alohida viloyatlarda alohida tovar va vitrinalarni yo‘lkalarga o‘rnatish taqiqlandi. Bu ijtimoiy masofani saqlashga halal berishi mumkinligini inobatga olingan. Dam olish joylarida esa oraliq masofa 4 metr bo‘lishi belgilangan.
Shuningdek, Siirt viloyatida ommaviy tadbirlarda ishtirok etmaslik bo‘yicha taqiq 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ham o‘rnatildi. Gaziantep viloyatida oy oxirigacha har qanday norozilik namoyishlari o‘tkazish taqiqlandi, Elazig‘da to‘y o‘tkazishga 3 soatlik cheklov o‘rnatildi.
Turkiyada koronavirusga chalinish holati sekinlik bilan ko‘payib boryapti. Sog‘liqni saqlash vazirligi odamlar dam olish joylarida epidemiologik omilni yetarlicha tushunib yetmaganini ma’lum qildi.