Turkiyada o‘zbekistonlik fuqaro ikkinchi qavatdan tushib ketdi

Olam

image

Turkiyaning Istanbul shahrida o‘zbekistonlik fuqaro ikkinchi qavatdan yiqilib tushdi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, o‘zbekistonlik G.B. Istanbul shahrida o‘zi ijarada yashayotgan ko‘p qavatli uyning ikkinchi qavati balkonidan ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketgan. Oqibatda uning bel umurtqa sohasi va oyog‘i qattiq shikastlanib, shahardagi “Kartal Eğitim ve Araştırma Lütfü Kırdar” shifoxonasida ikkita jarrohlik amaliyotini boshidan kechirgan. 

“Bosh konsulxona kasalxona rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazib, O‘zbekiston IIV Jamoat xavfsizligi departamenti va mahalliy diaspora vakillari bilan hamkorlikda moliyaviy jihatdan qiyin ahvolda qolgan ushbu fuqaroni maxsus avtomashinada kasalxonadan Istanbul aeroportiga olib borish va Istanbul–Urganch yo‘nalishidagi reys orqali O‘zbekistonga jo‘natilishini ta’minladi”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Istanbul shahrida ro‘y bergan otishma oqibatida bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur voqea ikki jinoiy guruh o‘rtasida yuz bergan qurolli to‘qnashuv vaqtida sodir bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya o'zbekistonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing