Turkiyada terrorchilikda gumonlangan 23 nafar xorijlik ushlandi

Olam

image

Anqara razvedka boshqarmasi va Turkiya Milliy razvedka tashkiloti xodimlari poytaxt provinsiyasida ISHID terrorchilik tashkiloti faoliyatiga aloqadorlikda gumon qilinib, 23 nafar xorijlikni qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya o‘tkazdi. Bu haqda Turkiyaning “Habertürk” telekanali xabar bergan.  

Qo‘lga olinganlar so‘roq qilish uchun politsiya bo‘limiga olib ketilgan. Ular ISHIDning harbiy mojarolar zonalaridagi harakatlariga aloqador ekani taxmin qilinmoqda. Hibsga olinganlarning fuqaroligi aniqlanmagan. 

Eslatib o‘tamiz, bundan biroz avval Turkiyada AQSH fuqarosi, Amerikaning Bayrutdagi konsulligi xodimi Germaniyaga uchib ketish uchun Suriya fuqarosiga pasportini sotib yuborganlikda gumonlanib hibsga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

IShID Turkiya

Baholaganlar

115

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing