Turkiyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi natijalari birinchi turga nisbatan ertaroq chiqadi — OSK rahbari

Olam

image

Turkiya Oliy saylov komissiyasi rahbari Ahmet Yener prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi natijalar 14 maydagidan ham tezroq chiqishini kutmoqda. Bu haqda u bugun, 28 may kuni Anqaradagi saylov uchastkasida jurnalistlarga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Turkiyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida ovoz berish noxush hodisalar va muammolarsiz o‘tmoqda. Fuqarolar birinchi turda bo‘lgani kabi saylovga yuqori qiziqish bildirmoqda. Xabaringiz bor, 14 may kuni bo‘lib o‘tgan saylovda prezidentlikka nomzodlar va boshqa 24 partiya ishtirok etdi. Hozir esa bizda prezidentlikka faqat ikkita nomzod bor. Shuning uchun biz natijalarni qisqa vaqt ichida hisoblashni kutmoqdamiz. Natijalarning turk millati va demokratiyasi uchun qulay bo‘lishini tilayman”, degan Ahmet Yener.  

Ma’lumot uchun, Turkiyadagi saylov uchastkalari bugun, 28 may kuni mahalliy vaqt bilan soat 08:00 da ochildi va ular soat 17:00 da yopiladi. Mamlakat bo‘ylab 191 mingdan ortiq saylov qutilari o‘rnatilgan. Saylovchilar soni 60 million kishidan oshadi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 14 may kuni Turkiyada prezidentlik saylovining birinchi bosqichi o‘tkazilgandi. Unda Erdo‘g‘an 49,51%, Qilichdoro‘g‘li 44,88% ovoz to‘pladi. Birinchi turda g‘alaba qozonish uchun nomzodga 50 foizdan ortiq ovoz kerak edi, shuning uchun bugun, 28 may kuni Turkiyada saylovning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Erdo'g'an prezidentlik saylovi Qilichdoro'g'li

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made