Turkiyadagi saylovning yakuniy natijalari ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 14 may kuni Turkiyada o‘tkazilgan saylov byulletenlarining 100 foizi hisoblab chiqildi. Bu haqda Turkiyaning TRT davlat telekanali xabar berdi.

Unga ko‘ra, Rajab Toyib Erdo‘g‘an 49,35%, Kamol Qilichdoro‘g‘li 45%, Sinan O‘g‘an esa 5,22% ovoz olgan.

Erdo‘g‘an birinchi turda g‘alaba qozona olmadi va Turkiya Prezidenti ikkinchi turda aniqlanadigan bo‘ldi.

Birinchi bosqichda nomzodlardan birining g‘alabasi uchun u kamida 50% ovoz to‘plashi kerak. Demak, Turkiyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turini o‘tkazish ehtimoli katta – bu joriy yilning 28 may kuni bo‘lib o‘tishi mumkin.

Shuningdek, parlament saylovlarida Erdo‘g‘an ittifoqi 49%, muxolifat koalitsiyasi 34% ovoz to‘plagan.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyaning amaldagi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an hamda muholifat partiyasi vakili Kamol Qilichdoro‘g‘li mamlakatda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichiga tayyorligini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya saylov byulletenlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing