Turkiyada ota-onasiz qolib ketgan 5 yoshli bola O‘zbekistonga qaytarildi 

Jamiyat

image

Turkiyadagi bolalar uyiga joylashtirilgan voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosi mamlakatga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, bolakayning onasi uni Turkiyadagi mahalliy shifoxonalardan birida dunyoga keltirgan. Biroq, ona ko‘p o‘tmay kasallik tufayli vafot etgan. Shundan so‘ng, chaqaloq bir necha yil davomida suriyalik va o‘zbekistonlik ayollar tomonidan parvarish qilingan.

Bir muddat vaqt o‘tgandan keyin ota-ona qarmog‘isiz qolgan bola xolasiga topshirilgan. Ammo bolaning tug‘ilganlik bo‘yicha hech qanday hujjati bo‘lmagani sababli voyaga yetmagan fuqaro sifatida davlat tomonidan majburiy ravishda Istanbul shahrida joylashgan bolalar uyiga joylashtirilgan.

Opasining o‘g‘lini vasiy sifatida o‘z qarmog‘iga olish talabi voyaga yetmagan fuqaroga oid hujjatlarning yo‘qligi sababli bolalar uyi ma’muriyati tomonidan rad etilgan.

Bosh konsulxona va elchixona tomonidan tegishli davlat idoralari bilan olib borilgan qator muzokaralar davomida advokatlar jalb qilingan holda Turkiya sudi tomonidan bolaning xolasi qarmog‘iga o‘tkazish bo‘yicha qaror chiqarilishiga erishilgan.

Muammoli vaziyatlar hal etilgandan so‘ng, bola va xolasi uchun O‘zbekitonga qaytish guvohnomasi Bosh konsulxona tomonidan rasmiylashtirib berilgan va ular O‘zbekistonga qaytarilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada onasi tomonidan tashlab ketilgan yangi tug‘ilgan chaqaloq O‘zbekistonga qaytarilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya O'zbekiston bolalar uyi ota-onasiz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing