Turkiyada kuchli zilzila yuz berdi

Olam

image

Bugun, 5 dekabr kuni Turkiyaning Antaliya viloyati sohillarida 5,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Turkiya IIVning Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlarni boshqarish boshqarmasi xabar berdi.

Keyinroq silkinishlarni Antaliya va boshqa shahar aholisiga ham sezilgan. Hozircha jiddiy vayrongarchiliklar haqida xabar tushmagan.

Shu bilan birga, “Anadolu” agentligining ma’lum qilishicha, mahalliy vaqt bilan soat 15:44 da G‘ozipasha tumanida 5,2 magnitudali silkinish qayd etilgan. Uning epimarkazi 77,58 km chuqurlikda bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 30 oktyabr kuni Turkiya g‘arbida, Egey dengizining Izmir viloyatiga tutash qismida 6,6 magnitudali kuchli zilzila yuz bergandi. Zilzila natijasida Izmirda 41 ta bino butunlay vayron bo‘lgan va jiddiy zarar ko‘rgan. 1041 ta bino qisman zarar ko‘rdi. 114 kishi halok bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya zilzila

Baholaganlar

658

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing