Turkiyada koronavirusga qarshi choralar kuchaytirildi

Olam

image

Turkiyada bugun, 1 dekabrdan koronavirus tarqalishiga qarshi cheklov choralari kuchaytirildi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ma’lum qilgan.

Yangi choralarga ko‘ra, ish kunlari mahalliy vaqt bilan soat 21:00 dan ertalab soat 05:00 gacha mamlakat bo‘ylab komendantlik soati amalda bo‘ladi.

Shuningdek, dam olish kunlari — juma kuni soat 21:00 dan dushanba kuni ertalab soat 05:00 gacha odamlarning ko‘chaga chiqishi taqiqlanadi.

Prezident 20 yoshgacha bo‘lgan va 65 yoshdan katta kishilarga jamoat transportidan foydalanishni ham taqiqlagan. 

Restoranlarga faqat yetkazib berish uchun ishlashga ruxsat beriladi. 

Savdo markazlariga tashrif buyurish uchun esa maxsus ruxsatnoma olish kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyada koronavirus infeksiyasi bilan kurash doirasida dam olish kunlari komendantlik soati joriy qilingandi.

21 noyabrdan esa, Turkiyadagi xorijlik sayyohlar mamlakatda dam olish kunlari amalda bo‘ladigan komendantlik soatiga rioya etmasligi mumkin bo‘lgandi. 

Ma’lumot o‘rnida, Turkiyada koronavirusga chalinganlar 639 mingdan oshgan. 13 ming 746 nafar bemor virus qurboni bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

KORONAVIRUS TURKIYa

Baholaganlar

104

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing