Turkiyada koronavirus holatlari soni ortmoqda 

Olam

image
Turkiya chet elliklar uchun chegaralarini yopishi mumkinligini ma’lum qildi  north_east

Turkiya chet elliklar uchun chegaralarini yopishi mumkinligini ma’lum qildi 

Turkiyada kecha, 20 iyul kuni 8 ming 780 kishida koronavirus kasalligi aniqlandi, bu may oyi oxiridan beri eng yuqori ko‘rsatkich.  

“Bugun 198 ming 537 ta test o‘tkazildi, 8 780 ta yangi COVID-19 holatlari aniqlandi, 46 kishi vafot etdi”, deyilgan Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida. 

Turkiyada umumiy hisobda 5 mln 546 ming 166 kishi koronavirus yuqtirgan, 5 mln 395 ming 300 bemor sog‘aygan va 50 ming 650 kishi vafot etgan. 

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 16 aprel kuni Turkiyada kunlik koronavirus bilan kasallanish holati bo‘yicha antirekord (63 082) qayd etilgandi. Iyun-iyul oylarida esa bu ko‘rsatkich 5-7 mingga tenglashdi. 1 iyuldan boshlab esa Turkiyada komendantlik soati bekor qilindi.  

Avvalroq, koronavirusning “delta” shtammi tarqalishi keskin ko‘paygan taqdirda, Turkiya chet elliklar uchun o‘z chegaralarini yopishi mumkinligi haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya koronavirus

Baholaganlar

86

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing