Turkiyada karantin choralari yana kuchaytirildi

Olam

image

Turkiyada koronavirusga chalinish holatlari ortayotgani sababli, kecha, 4 noyabrdan boshlab karantin choralari yana kuchaytirildi. 

Endi mamlakatning 81 ta viloyatida kafe va restoranlar, sartaroshxonalar, teatrlar, kinoteatrlar va konsert zallari soat 22:00 gacha ishlashi ma’lum qilingan. 

Choralar qachongacha kuchaytirilganiga aniqlik kiritilmagan. 

Karantin choralari ish vaqti jadvaliga ham o‘z ta’sirini o‘tkazishi aytilgan. Bundan maqsad yo‘llarda transport harakati ko‘payishini oldini olish ekanligi ma’lum qilingan. 

Avvalroq, Qozog‘istonda karantin choralari kuchaytirilgani, Falastinda esa favqulodda holat rejimi uzaytirilgani haqida ham xabar bergandik. 

Ta’kidlash joizki, Turkiyada koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq 385 mingdan ortiq holat qayd etilgan. 10 ming 558 kishi vafot etgan.

Dunyoda koronavirusga chalinganlar 48 milliondan oshgan. 1,2 milliondan ko‘p bemor virus qurboni bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

karantin turkiya

Baholaganlar

128

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing