Turkiyada 6 kg oltinni jinsiy a’zosiga yashirgan o‘zbekistonliklar ushlandi
Olam
−
17 may
12480Turkiyaning Istanbul shahri aeroportida o‘tkazilgan operatsiya chog‘ida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan uch nafar ayolning tanasida, xususan ularning jinsiy a’zolariga yashirilgan 6 kilogramm 28 gramm oltin aniqlanib, musodara qilindi. Bu haqda Haber ERK xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, joriy yilning 25 aprel kuni soat 21:30 atrofida Chimkentdan kelgan ayollar shubha uyg‘otgani sababli tekshiruv uchun to‘xtatilgan. Ularning bagajidan hech narsa topilmagan, biroq maxsus qurilma orqali tanalari skaner qilinganda, jinsiy a’zolarida zichlik aniqlangan.
Prokuratura ko‘rsatmasi bilan ayollar tibbiy tekshiruv uchun Istanbuldagi shifoxonaga olib borilgan. Rentgen natijalariga ko‘ra, ularning jinsiy a’zolariga ko‘p miqdorda oltin yashirilgani ma’lum bo‘lgan. Politsiyaning kuzatuvida o‘tkazilgan batafsil tekshiruvda 120 dona tilla bo‘lagi, jami 6 kilogramm 28 gramm oltin topilgan.
Topilgan oltin tergov bo‘limi xodimlariga topshirilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatidagi “Navoiy” chegara bojxona postida quyma oltinni jinsiy a’zosiga yashirib, noqonuniy olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga tushgandi.
LiveBarchasi