Turkiya va Rossiya Idlib bo‘yicha kelishib oldi. Turklar Idlibda qoladi

Olam

image

Turkiya harbiylari Idlibdagi kuzatuv punklarida qoladi va Sochi shartnomasi bo‘yicha harakat qiladi. Bu haqda Turkiya Respublikasi Mudofaa vaziri Hulusi Akar ma’lum qildi.

"Rossiya delegatsiyasi bilan bugun yakunlangan muzokaralar ijobiy va konstruktiv ruhda o‘tdi. Qo‘shinlarimiz Idlibdagi kuzatuv punktlarida o‘z faoliyatini davom ettiradi. U yerdan og‘ir qurollarimiz olib chiqib ketilishi haqida hech qanday gap bo‘lishi mumkin emas", deydi Mudofaa vaziri.

Hulusi Akarning ta’kidlashicha, Rossiya delegatsiyasi bilan kelishuvlar davom etmoqda. Unda joriy yilning 15 mart kunidan boshlab  Idlibdagi M4 trassasi bo‘ylab qo‘shma patrullar masalasi muhokama qilinmoqda.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning oktyabr oyida Rossiyaning Sochi shahrida Turkiya va Rossiya o‘rtasida shartnoma imzolangan edi. Shartnomaga ko‘ra, Idlib viloyati deeskalatsiya zonasi deb elon qilingan. Biroq joriy yilning fevral oyi boshida Suriya armiyasi Idlibga hujum qilishni boshladi. Turkiya esa "Idlibdagi tinch aholini himoya qilish maqsadida" hududga o‘z qo‘shinlarini kiritdi

10 fevral kuni Suriya hujumi oqibatida 5 nafar turk askari halok bo‘ldi. Bunga javoban Turkiya Suriya hukumati kuchlariga  javob zarbasini berdi. Zarba oqibatida Suriya hukumatining 101 harbiysi halok bo‘ldi.

22 fevral kuni Rossiya yordam berayotgan Suriya hukumati va Turkiya qo‘llab-quvvatlayotgan Suriya muholifati o‘rtasida urush harakatlari boshlandi. 27 mart kuni Suriyadagi Asad rejimining turk harbiylariga qarata yurishida 34 turk askari halok bo‘ldi. Keyinroq, 1 mart kuni Turkiya Idlibda "Bahor qalqoni" nomli harbiy operatsiya boshladi. 

5 mart kuni Suriyaning Idlib viloyatida vaziyatning keskinlashishi munosabati bilan Rossiya va Turkiya rahbarlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha qo‘shma hujjat qabul qilindi. Tomonlar Ostona va Sochi kelishuviga sodiqligini yana bir bor tasdiqladilar. 6 mart kuni soat 00:01 dan o‘t o‘chishni to‘xtatish kelishuvi amalga kirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Suriya Turkiya Idlib Sochi kelishuvi

Baholaganlar

61

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing