Turkiya Idlibda “Bahor qalqoni” operatsiyasini boshladi. Vaziyat og‘ir
Olam
−
01 mart 2020
12438Turkiya rasman Suriyaning Idlib viloyatidagi voqealarga qarshi “Bahor qalqoni” jangovar operatsiyasini boshlaganini ma’lum qildi. Bu haqda Turkiya Respublikasi Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar xabar qilgan.
Qayd etilishicha, ushbu operatsiya avvalida Turkiyaning F-16 samolyotlari Bashad Asad rahbarligidagi Suriya Hukumatiga oid ikki Su-24 samolyotini urib tushirdi. Reuters’ning yozishicha, harbiy samolyot uchuvchilar o‘z vaqtida sakrash oqibatida, omon qolgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 fevral kuni Idlibda Suriya harbiy-havo kuchlari tomonidan uyushtirilgan havo hujumi chog‘ida 33 nafar turk harbiysi halok bo‘lgan edi. Shundan so‘ng, Turkiya armiyasi Suriya qo‘shinlari pozitsiyalariga havo va yer usti hujumlaridan javob qaytardi. Unda birdaniga 309 ta Suriya askari o‘ldirildi.
Turkiya va Suriya o‘rtasidagi munosabatlar daqiqa sayin taranglashib bormoqda. Rasmiy Anqara Asad rejimi Rossiya va Erondan dastak olayotganini iddao qilmoqda. Ayni vaqtda ushbu to‘rtlik – Turkiya, Suriya, Rossiya va Eron o‘rtasida allaqachon axborot urushi boshlanib bo‘ldi. Mamlakatlarning axborot tarqatuvchi ichki va tashqi resurslari bir-biriga bo‘hton yog‘dirish bilan band bo‘lib qolmoqda.
Mazkur holat 2015 yil Turkiyada Rossiyaning Su-24 harbiy samolyoti urib tushirilgandi. O‘shanda ikki uchuvchi halok bo‘lgan. Ushbu holat Rossiya va Turkiya munosabatlarini jar yoqasiga olib keldi. Ikki davlat o‘rtasida munosabatlardan mamlakatlar aholisi ko‘proq zarar ko‘rdi. Sanksiyalar ortdi. Rossiya fuqarolariga Turkiyaga chiqishni cheklab qo‘ydi. Turkiyadan kirib kelayotgan mahsulotlarga boykot e’lon qilindi.
Oradan bir yil o‘tib, rus samolyoti urib tushirilgan kun turk harbiylari Suriyada o‘qqa tutildi. Bu vaziyatda Rossiya o‘ch oldi, deya xulosa qilish mumkin edi. Voqeaga aniqlik kiritilib ulgurmasdan, 19 dekabr kuni Rossiya elchisi o‘ldirildi.
LiveBarchasi