Rossiya va Turkiya Prezidentlari uchrashuvi boshlandi. Putin Erdo‘g‘anga ta’ziya bildirdi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘rtasidagi uchrashuv boshlandi. Muloqot Prezident Putinning Mokskvadagi qarorgohi – Kreml saroyida bo‘lib o‘tmoqda. 

Muloqot samimiy ruhda boshlandi. 

Suhbat avvalida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Turkiya rahbariga joriy yilning 27 fevral kuni Idlibda 34 turk askarining o‘ldirilishi yuzasidan ta’ziya bildirdi. 

“Har bir insonning o‘limi — katta tragediya. Telefondagi suhbatimizda ham ma’lum qilganimdek, u yerda turk askarlari borligini hech kim bilmas edi. 

Albatta, Suriya askarlari ham talafot ko‘rdilar. Voqealarning rivojlanishi Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarga ziyon yetkazmasligi uchun Suriyadagi voqealarning barcha jihatlarini muhokama qilishimiz kerak”, deydi Rossiya rahbari. 

O‘z navbatida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an shunday dedi: 

“Albatta, Idlib muzokaralari tufayli yig‘ilishimiz juda muhimdir. Mintaqadagi muammo juda katta. Bugun tashlagan qadamimiz, to‘g‘ri qarorlar qabul qilishimiz mintaqa va mamlakatlarimizni tinchitadi”. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

192

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing