Turkiya va Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirlari O‘zbekistonga kelyapti
Olam
−
01 avgust 2022
5234Ertaga, 2 avgust kuni “O‘zbekiston – Ozarbayjon – Turkiya” muloqotining bo‘lajak birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Unda ishtirok etish uchun Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li va Jayhun Bayramov O‘zbekistonga kelmoqda.
Rasmiy Toshkentning ma’lum qilishicha, tadbirda uch mamlakatning tashqi siyosat, savdo, iqtisodiyot va transport masalalari uchun mas’ul bo‘lgan vazirliklari rahbarlari ishtirok etadi.
Tomonlar O‘zbekiston, Ozarbayjon va Turkiya o‘rtasidagi mintaqaviy va xalqaro siyosat, savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar va transport sohalaridagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qiladilar.
Uchrashuv davomida mazkur yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha yangi takliflar ishlab chiqiladi.
Tadbir yakunida Toshkent deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu O‘zbekistonga kelib, Prezident Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘lgan edi.
LiveBarchasi