Aliyevning örniga sammitga borgan Bayramov Erdöğanning qabulida böldi
Olam
−
10:42 415 2 daqiqa
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan Anqarada ötkazilgan Turkiy davlatlar taşkilotining 13-sammiti doirasida Ozarbayjon Taşqi işlar vaziri Jayhun Bayramovni qabul qildi. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev sammitda iştirok etmadi. Bu holat ikki davlat örtasida sönggi haftalarda yuzaga kelgan diplomatik keskinlik fonida yuz berdi. Bu haqda “Haberler” xabar berdi.
Keça, 30 oktyabr kuni Anqarada bölib ötgan sammitda Ozarbayjon nomidan Taşqi işlar vaziri Jayhun Bayramov qatnaşdi. Ilhom Aliyev esa Turkiya Prezidenti Erdöğanning taklifiga qaramay, tadbirga bormagan.
Ozarbayjon OAVlari Aliyevning sammitda iştirok etmasligini avvaldan rejalaştirilgan tadbirlar bilan izohlagan. Xususan, Ozarbayjon rahbari şu kuni Bakuda bölib ötgan FIFA U-15 Jahon çempionatining yopiliş va taqdirlaş marosimida qatnaşgan.
Biroq Aliyevning sammitga bormasligi Turkiya va Ozarbayjon örtasida sönggi haftalarda yuzaga kelgan kelişmovçiliklar ortidan sodir böldi. Ikki davlat örtasidagi keskinlikka Ozarbayjonda maktab öquvçilarining kiyiniş tartibi va römol öraşga qöyilgan çeklovlar sabab bölgan.
Turkiyalik ayrim şaxslar Ozarbayjon maktablarida joriy etilgan uşbu tartiblarni tanqid qilgan. Bunga javoban Baku ma’muriyati tanqidlarni mamlakat içki işlariga aralaşiş sifatida baholagan. Ozarbayjon Taşqi işlar vazirligi ijtimoiy tarmoqlardagi çiqişlari sababli Turkiyaning 31 nafar fuqarosini nomaqbul şaxs deb e’lon qilib, ularning mamlakatga kirişini taqiqlagan.
Şundan söng, Erdöğan Aliyev bilan telefon orqali gaplaşgan va uni Anqaradagi sammitga taklif qilgan. Şuningdek, Turkiya Prezidenti boş maslahatçisi Oktay Saral ham römol mojarosidan keyin lavozimini tark etgan.
Erdöğan sammitning oçiliş marosimidagi nutqida turkiy dunyoda birlik va hamjihatlik muhimligini ta’kidlagan.
“Turkiy dunyoning oilaviy suratida böliniş, kelişmovçilik va ixtiloflarga örin yöq. Barçamiz bir va hamjihatmiz, azaldan abadgaça, nasib etsa, birodarmiz”, degan u.
Naşr Erdöğanning bu sözlarini Aliyev qatnaşmagan sammitda Ozarbayjon rahbariyatiga qaratilgan birdamlik xabari sifatida talqin qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev “iş jadvalining tiğizligi sababli” joriy yilning 29–30 oktyabr kunlari Turkiyada bölib ötgan Turkiy davlatlar taşkiloti (TDT) sammitida iştirok etmasligi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi30 Oktyabr