“Turkiya uni tan olmaydi” – Erdo‘g‘an AQSHga javob qaytarishga va’da berdi

Olam

image

Turkiya parlamenti AQSH Kongressi Vakillar palatasi Usmonli imperiyasida armanlar genotsidi to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qilgani uchun javob qaytaradi. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ma’lum qildi.

“[Arman genotsidi to‘g‘risidagi] rezolyutsiya befoyda. Turkiya uni tan olmaydi”, dedi Erdo‘g‘an.

Joriy yilning 30 oktyabr kuni AQSH parlamentining vakillar palatasi Usmonli tukrlar imperiyasida armanlar qirg‘ini uyushtirilganini tan olgandi. Rezolyutsiyada amerikaliklarda 1915 yildagi voqea bo‘yicha ko‘proq tasavvur uyg‘otish va ma’lumot berish zarurligi belgilangan.

Ma’lumot uchun, 1915 yil 24 aprel kuni arman genotsidining boshlanish sanasi hamda shu kuni Istanbuldagi arman elitasi vakillari qo‘lga olingani va o‘ldirilgani ta’kidlanadi. Keyingi oylarda esa bu qirg‘in G‘arbiy Armanistonda davom etib, 1915 yilning iyun oyida yakunlangani qayd etilgan. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, 1915-1923 yillarda 1,5 mln arman o‘ldirilgan.

Turkiya bu voqealarni genotsid sifatida tan olishdan bosh tortadi va ommaviy qirg‘inlarda turli millat vakillari o‘ldirilganini ta’kidlaydi.

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li Vakillar palatasi rezolyutsiyasini rasmiy Anqaraning Suriya shimolidagi harbiy operatsiyasi uchun “yaroqsiz va bo‘sh” qasos deb atadi.


Maqola muallifi

Teglar

genotsid AQSh-Turkiya

Baholaganlar

235

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing