Turkiya toliblar bilan muzokara boshlashi mumkin — Erdo‘g‘an

Olam

image

Turkiya “Tolibon” harakati Afg‘onistonda yangi hukumat tuzganidan keyin ular bilan muzokara o‘tkazishga tayyor. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ma’lum qildi.

“Maqsadimi bu mamlakatda (Afg‘onistonda) barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash. Shu sababdan zarurat tug‘ilsa, “Tolibon” tuzadigan hukumat bilan umumiy kun tartibini muhokama qilamiz”, degan u.

Bundan tashqari, Erdo‘g‘an Turkiya afg‘on qochqinlariga boshpana berish majburiyatini olmaganini qo‘shimcha qilgan.

Qayd etish kerakki, Erdo‘g‘an “Tolibon” bilan muloqotga tayyorligi haqida tez-tez takrorlamoqda, ammo harakat vakillaridan bu borada javob bo‘lgani yo‘q.

Avvalroq Erdo‘g‘an Afg‘onistonda hokimiyat kimning qo‘lida bo‘lishidan qat’i nazar Turkiya mamlakatga yordam berishga tayyorligini aytgandi.

Elatib o‘tamiz, “Tolibon” joriy yilning 15 avgust kuni butun Afg‘oniston hududini o‘z nazoratiga olganini va hukumat kuchlari bilan qurolli to‘qnashuv tugaganini xabar qildi. Bugun, 19 avgust kuni esa harakat mamlakatning Buyuk Britaniya mustamlakasidan ozod bo‘lganining 102 yilligi munosabati bilan Afg‘onistonni Islom Amirligi, deb e’lon qildi.

2001 yil Afg‘onistonga kirgan AQSH boshchiligidagi xalqaro koalitsiya kuchlarining asosiy qismi mamlakatni tark etdi. G‘arb davlatlarining Qobulda qolgan kuchlari diplomatlarni va o‘zlariga yordam bergan afg‘onlarni evakuatsiya qilish bilan band. “Tolibon” siyosiy idorasi vakili Muhammad Naim Afg‘onistonda 20 yil davom etgan urush tugaganini e’lon qildi


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Tolibon

Baholaganlar

92

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing