Erdöğan inqiroz ortidan arazlagan Aliyevning oldiga bormoqçi
Olam
−
17:20 1163 2 daqiqa
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan ikki tomonlama aloqalardagi inqiroz fonida Ozarbayjonga taşrif buyurmoqçi. Bu haqda Turkiya yetakçisi bugun, 5 noyabr kuni Janubiy Koreyadan qaytayotganda samolyotda jurnalistlarga ma’lum qildi.
“Favqulodda holat yuzaga kelmasa, 8 noyabr kuni Ozarbayjonga taşrif buyurişni rejalaştiryapman. Bu safar ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantiriş böyiça zarur qadamlarni taşlaş uçun imkoniyat bölişi mumkin”, deydi Erdöğan.
Baku bilan munosabatlarning holati haqidagi savolga javob berar ekan, Erdöğan “Turkiya va Ozarbayjon qardoşligi” yengib öta olmaydigan tösiqlar yöqligini qayd etgan.
Erdöğan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muzokaralar ötkazib bölganini bildirgan. Bundan taşqari, unga köra, Turkiya Milliy razvedka taşkiloti rahbari va Taşqi işlar vaziri Bakuga yuborilgan. Turkiya Prezidenti, şuningdek, oliy darajadagi diplomatik aloqalar davom etayotganini, jumladan, Aliyev bilan telefon orqali sözlaşuvlar hamda ularning turmuş örtoqlari örtasidagi muloqotlarni ma’lum qilgan.
Qayd etiş joiz, sönggi oylarda Anqara va Baku örtasidagi munosabatlarda bir qator masalalar böyiça kelişmovçiliklar yuzaga keldi. Sentyabr oyida Ozarbayjon hukumati davlat maktablari öquvçilarining taşqi körinişini tartibga soluvçi qoidalarga özgartirişlar kiritdi. Yangi me’yorlar yagona maktab formasi standartini buzuvçi yoki ta’limning dunyoviy xususiyatiga mos kelmaydigan kiyim elementlarini taqiqlaydi.
Qaror Turkiyada, jumladan, yuqori siyosiy darajada tanqidlarga sabab böldi. Ozarbayjon parlamenti deputati Jayhun Mamedov jurnalistlarga islohot ta’lim muassasalarida diniy, etnik va ijtimoiy-iqtisodiy farqlarni bartaraf etişga qaratilganini izohladi. Hujjatda “hijob” sözi tilga olinmagan bölsa-da, özgartirişlar uni öraşga ham daxldor böldi.
Keyinçalik Ozarbayjon TIV respublikada hokimiyatni zöravonlik bilan özgartirişga çaqirgani uçun 31 nafar Turkiya fuqarosini nomaqbul şaxslar röyxatiga kiritdi. Bunga qadar Ozarbayjon Boş prokuraturasi mamlakatda hokimiyatni zöravonlik bilan egallab olişga oçiqdan oçiq çaqiriqlar qiliş böyiça jinoyat işi doirasida yetti nafar Turkiya fuqarosini xalqaro qidiruvga bergan edi.
Eslatib ötamiz, munosabatlar sovuqlaşuvi fonida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev “iş jadvalining tiğizligi sababli” joriy yilning 29–30 oktyabr kunlari Turkiyada bölib ötgan Turkiy davlatlar taşkiloti sammitida iştirok etmagandi.
Live
Barchasi