Turkiya Suriyada Isroil samolyotlarini urib tushirishga tayyor – OAV

Olam

image

Turkiya Suriyada faoliyat yuritayotgan “Xalq mudofaa kuchlari” (SDF) harakatiga Isroil harbiylari tomonidan o‘t ochish bilan ko‘rsatiladigan har qanday yordamga javoban Isroilning harbiy samolyotlarini urib tushirishga tayyor. Bu haqda “Yeni Şafak” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, turk tomoni Isroilga SDF'ni qo‘llab-quvvatlashga yo‘l qo‘ymasligini aniq tushuntirgan. Anqara ularni “Kurdiston Ishchilar partiyasi”ning (Turkiyada terrorchi tashkilot deb e’tirof etilgan) bir qismi deb biladi.

“Agar Isroil bunday harakatlarni amalga oshirishga qaror qilsa, bizning havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarimiz va qiruvchi samolyotlarimiz dushman samolyotlarini yo‘q qilishga tayyor turadi. Bunga oid tegishli buyruqlar Turkiya Qurolli kuchlari Bosh shtabiga allaqachon berilgan”, deydi yuqori lavozimli rasmiy manba.

Turkiya hukumati avvalroq shimoliy Suriyada xavfsizlik zonasini yaratish ishlarini yakunlash niyatida ekanini bildirgan. Ushbu zona chegaradosh hududlardan kelayotgan terrorchilik tahdidlarini minimallashtirish va qo‘shni davlat bilan 600 kilometrlik chegara hududini nazorat qilish maqsadida tashkil etilmoqda.

“Israel Hayom” nashriga ko‘ra, suriyalik kurdlar Isroildan yordam so‘ragan. Ular o‘rtasidagi muloqot Damashqda hokimiyat almashinuvidan so‘ng sezilarli darajada mustahkamlangan. Nashrning yozishicha, Isroil buning Turkiya bilan munosabatlarga ta’siri va AQSHning mojarolarni diplomatik yo‘l bilan to‘xtatishga intilishi fonida o‘ziga xos muammo bilan yuzlashgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Anqarada Turkiya Tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan va AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken uchrashib, Suriyada Bashar Asad rejimi ag‘darilgandan keyingi o‘tish davri, mamlakatdagi siyosiy jarayon va G‘azoda mumkin bo‘lgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi bo‘yicha masalalarni muhokama qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Turkiya Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing