Turkiya sobiq Bosh vaziri koronavirusga chalindi

Olam

image

Turkiyaning sobiq Bosh vaziri, Izmir viloyatidan hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi deputati Binali Yildirim yangi turdagi koronavirus infeksiyasini yuqtirdi. Bu haqda mamlakat bosh axborot agentligi Anadolu xabar bermoqda. 

Turkiyaning so‘nggi Bosh vaziri shifokorlar unga koronavirusni uyda davolashni maslahat berganini aytdi. 

"Organizmimizdagi o‘zgarishlar sabab rafiqam bilan Anqara shahar shifoxonasiga bordik. Tahlillar natijasiga ko‘ra bizda koronavirus borligi aniqlandi. 

Ahvolimiz yaxshi. Shifokorlar uyda davolanishimizni maslahat berdilar. 

Men o‘zimni yaxshi his qilyapman", deb yozadi Twitter’dagi sahifasi 64 yoshli Binali Yildirim. 

Binali Yildirim va uning rafiqasi test topshirgan shifoxonaga zudlik bilan Sog‘liqni saqlash vaziri Faxriddin Ko‘ja yetib bordi. U o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi shunday yozadi: 

“Binali Yildirim va uning rafiqasi Semiha xonimning COVID-19 testi natijasi musbat chiqdi. Bizning kuchimiz choralar ko‘rish va yaqinlarimizni himoya qilishga yetadi”. 

U 2016 yildan 2018 yilning iyul oyiga qadar mamlakat Bosh vaziri bo‘lgan. Shundan so‘ng mamlakatda o‘tkazilgan referendum natijalariga ko‘ra, Bosh vazir lavozimi tugatilgan. 2019 yilda Binali Yildirim Istanbul hokimligiga o‘tkazilgan saylovda ham yutqazgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, Turkiyada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yana keskin tus olmoqda. Sog‘liqni saqlash vaziri Faxriddin Ko‘ja mamlakatda koronavirusning ikkinchi yuqori cho‘qqisi qayd etilganini ma’lum qildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Binali Yildirim

Baholaganlar

60

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing