Mirziyoyev TDT Oqsoqollar kengashi raisini qabul qildi
Jamiyat
−
18 fevral
3651O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 18 fevral kuni Quvaytdan Toshkentga qaytgach, shaharsozlik sohasidagi xalqaro tadbirlarda ishtirok etish uchun mamlakatga kelgan Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi, taniqli siyosatchi, Turkiya Respublikasining sobiq bosh vaziri Binali Yildirimni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon Shavkat Mirziyoyevga Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.
“Ko‘p qirrali hamkorlikni muvofiqlashtirish va ilgari surishda Oqsoqollar kengashining roli va faol ishtiroki ortib borayotganini hisobga olib, tashkilot doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi”, deyiladi xabarda.
Bildirilishicha, Turkiy davlatlar tashkiloti sammitlari yakunida qabul qilingan dastur va tashabbuslarni amalga oshirish maqsadida amaliy sheriklikni kengaytirish va aloqalarni faollashtirish muhim ekani ta’kidlangan. TDT doirasidagi bo‘lajak tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqilgan.
Ta’kidlash joizki, Oqsoqollar kengashi Turkiy davlatlar tashkiloti huzuridagi doimiy maslahat organi hisoblanadi. Turkiy dunyo shaharsozlik kongressi 2002 yilda Anqara shahrida tashkil etilgan Muhandis va me’morlar uyushmasi tomonidan o‘tkaziladi. Uyushma faoliyatida Samarqand va Navoiy shaharlari hokimliklari faol ishtirok etmoqda.
LiveBarchasi
Trenddagilar

