Turkiya parlamenti Makka paktini ratifikatsiya qildi
Olam
−
13:41 824 2 daqiqa
Keça, 5 noyabr kuni Turkiya Buyuk milliy majlisi Boş assambleyasi “Turkiya Respublikasi, Pokiston Islom Respublikasi va Saudiya Arabistoni Podşohligi örtasidagi qöşma mudofaa töğrisidagi Makka bitimini ratifikatsiya qilişni ma’qullaş haqida”gi qonun loyihasini qabul qildi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Boş assambleya yiğilişida qonun loyihasi moddalarini muhokama qiliş uçun sözga çiqqan “Yangi yöl” partiyasining Istanbuldan saylangan deputati Birol Oydin parlament a’zolarini ovoz berişda vijdon amri va aql-idrokka bir vaqtning özida tayanişga çaqirgan.
Jumhuriyat Xalq partiyasining (JXP) Hatay viloyatidan deputati Mehmet Guzelmansur bitimni qöllaşning Turkiyaning boşqa xalqaro majburiyatlari bilan ziddiyatlarga yöl qöymaydigan aniq yozib qöyilgan qoidalari zarurligini bayon qilgan.
Guzelmansur davlat mablağlaridan foydalanişni va Turkiya nomidan qarorlar tayyorlaşni nazarda tutuvçi heç qanday mexanizmlar parlament nazoratidan taşqarida qolmasligi kerakligini bildirgan.
Adolat va taraqqiyot partiyasining Konyadan saylangan deputati Ziyo Oltinyildiz bitim mintaqada xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni kengaytirişga qaratilganini ma’lum qilgan. U hujjat heç qanday uçinçi mamlakatga qarşi qaratilmaganligini, uning asosiy vazifasi esa mojarolarni keskinlaştiriş emas, balki ularning kelib çiqişining oldini olişdan iborat ekanligini qayd etgan.
Muhokamalar yakunida qonun loyihasi Boş assambleyada ovoz berişga qöyilgan.
Ovoz beriş yakunlariga köra, “Turkiya Respublikasi, Pokiston Islom Respublikasi va Saudiya Arabistoni Podşohligi örtasidagi qöşma mudofaa töğrisidagi Makka bitimini ratifikatsiya qilişni ma’qullaş haqida”gi qonun loyihasi qabul qilingan. 279 nafar deputat qonun loyihasini qabul qiliş uçun ovoz bergan, 119 nafari qarşi çiqqan, betaraf qolganlar yöq.
Eslatib ötamiz, Makka mudofaa alyansi 2026 yil 7 avgustda Saudiya Arabistoni, Pokiston va Turkiya tomonidan qöşma mudofaa töğrisidagi bitim imzolanganida taşkil etilgan edi. Hujjat iştirokçi mamlakatlardan birortasiga qilingan qurolli hujumni uçtasiga ham qilingan hujum sifatida körib çiqişni nazarda tutadi.
Live
Barchasi