Makka pakti a’zolari Tehronda: “uç kuç” Eron bilan nimalarni muhokama qildi?

Olam

−

image

Bugun, 26 oktyabr kuni Eron poytaxti Tehronda Makka mudofaa ittifoqi mamlakatlari – Turkiya, Pokiston va Saudiya Arabistoni hamda Eron örtasida tört tomonlama uçraşuv ötkazildi. Ular muzokaralarni davom ettiriş böyiça kelişib oldi. Bu haqda tört mamlakat tomonidan e’lon qilingan qöşma bayonotda söz boradi.

Eron poytaxti Tehronda Makka mudofaa ittifoqi mamlakatlari – Turkiya, Pokiston va Saudiya Arabistonining yuqori darajali vakillari hamda Eron rasmiylari iştirokida tört tomonlama uçraşuv bölib ötgan.

Uçraşuv yakunida 4 ta mamlakat qöşma bayonot e’lon qildi. Eron Oliy milliy xavfsizlik kengaşi tomonidan e’lon qilingan bayonotda uçraşuv Kengaş boş kotibi Muhsin Rizoiy mezbonligida ötkazilgani qayd etilgan. Bayonotda aytilişiça, uçraşuvda Turkiyadan Milliy razvedka taşkiloti (MİT) rahbari Ibrohim Qalin, Pokiston Boş ştab boşliği marşal Osim Munir va Saudiya Arabistoni Mudofaa vaziri Holid bin Salmon iştirok etgan.

Bayonotda tört mamlakat örtasidagi aloqalarning kelajagiga oid qabul qilingan qarorga ham örin berilgan.

“Iştirokçilar mintaqaviy tinçlik va xavfsizlik sohalarini ham öz içiga olgan holda tört mintaqa mamlakati örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaşga qaratilgan muzokaralarni davom ettiriş böyiça bir töxtamga keldi”, deyiladi bayonotda.

Xalqaro inqiroz guruhining Yaqin Şarq va Şimoliy Afrika dasturi direktori örinbosari Ali Voizning aytişiça, Makka pakti vakillarining Tehronga uyuştirgan taşrifi – bu qurollar yana otila boşlaşidan oldin yon berişga tayyor bölganlar foydasiga muvozanatni burişga bölgan uriniş.

“Ammo ular AQŞ va Eron örtasidagi kelişmovçilikni bartaraf eta oladigan işonçli formula bilan kelmasalar, vaqt bilan poygada xayrixohlikdan boşqa heç narsasiz qolişlari mumkin”, deyeydi Ali Voiz.

“Al Jazeera”ning yozişiça, muzokaralarda Tehron bilan ittifoqçi bölgan Yamandagi husiy isyonçilari tomonidan Yamanning xalqaro tan olingan hukumatini qöllab-quvvatlovçi Saudiya Arabistoniga uyuştirilgan raketa va dron hujumlari tölqini muhokama qilingan bölişi mumkin.

“Işonçim komilki, Makka kelişuvi tomonlarida husiylarga qarşi harbiy aloqaga kirişiş variantlari yetişmayapti, ammo Ar-Riyod, şubhasiz, köproq narsa uçun bosimni oşirmoqda va uning şeriklaridan kutayotgan umidlari Yamandagi hujumlarga parallel ravişda ortdi”, deydi London Qirollik kolleji Uruş tadqiqotlari departamentining katta ilmiy xodimi Oyşa Siddiq “Al Jazeera” telekanaliga.

Siddiqning aytişiça, oxirgi diplomatik harakatlar Pokiston armiyasi rahbari Osim Munirning ötgan haftada Saudiya Arabistoni va Eronga qilgan taşriflari bilan boğliq bölişi mumkin. Bu Islomobodning AQŞ tomonidan Eronga qöyilgan blokada fonida Tehron bilan quruqlikdagi çegara savdosiga qöygan çeklovlariga töğri kelmoqda.

Saudiya taşqi siyosati va uning mintaqaviy xavfsizlikka ta’sirini tadqiq qiluvçi Umar Karimning aytişiça, Tehrondagi uçraşuvlar Eron va AQŞ örtasida yana uruş kelib çiqişi xavfini kamaytirişi dargumon, bu esa öz navbatida mintaqada yanada kattaroq beqarorlikka olib kelişi mumkin.

“Şu sababli, uşbu muzokaralar, ehtimol, Saudiya Arabistoni xavfsizligi bilan bevosita boğliq va Turkiya hamda Pokistonning Eronni yon berişga majbur qilişga bölgan urinişini öz içiga oladi”, deydi u.

“Chatham House” taşkilotining Yaqin Şarq va Şimoliy Afrika dasturi direktori Sanam Vakil mazkur muhim uçraşuvning ta’siriga “ehtiyotkorlik bilan optimistik” qaraşini, ammo uzoq muddatli tub burilişga “kamroq ijobiy” baho berişini aytgan.

“Eron yana bir yirik töqnaşuvdan qoçiş uçun kuçli rağbatga ega va ayniqsa Yaman böyiça çeklangan anglaşuvlar uçun joy bölişi mumkin. Biroq husiylarning öz hisob-kitoblari bor va Eronning ularga ta’siri çeksiz emas. AQŞ va Isroil tomonidan qayta zarba berilişining oldini oliş yanada qiyinroq böladi, çunki Tehron va Vaşington örtasidagi asosiy kelişmovçiliklar hal qilinmay qolmoqda”, deydi u.

AQŞ Prezidenti Donald Tramp Vaşington bilan har qanday tinçlik kelişuviga rozi bölişdan boş tortgan Eron bilan diplomatik boşi berk köçani yorib ötiş uçun yangi zarbalar berişni körib çiqayotgani aytilmoqda.

AQŞ va mintaqaviy davlatlar Hormuz böğizi orqali xalqaro kemalar qatnovi va tranzit heç qanday tösiqlar va hujumlarsiz qayta tiklanişini xohlaydi. Vaşington, şuningdek, Tehronning yadroviy dasturini jilovlaşni va Eronning yuqori darajada boyitilgan uranini baholaş uçun xalqaro inspektorlarni jalb qilişni istaydi. Isroil esa Islom Respublikasini ağdarib taşlaşni xohlaşini aytmoqda.

Tehron AQŞning Eron janubiy portlariga qöygan dengiz blokadasini bekor qilişini (bu xom neft eksportini töxtatib qöygan va aksariyat savdoga xalaqit bergan) va ikki mamlakat örtasida iyun oyida kelişib olingan özaro anglaşuv memorandumiga qaytişini istaydi.

AQŞ buni rad etdi, Prezident Tramp esa Eronning fuqarolik infratuzilmasiga yirik zarbalar beriş orqali “işni oxiriga yetkaziş” tanlovi qarşisida qolganini aytdi. Bu esa Eronni, uruşning avvalida bölganidek, Arab davlatlaridagi AQŞ bazalari va infratuzilmasiga zarba beriş orqali qöşnilariga qarşi javob qaytarişga undaşi mumkin.

Şu bilan birga, AQŞ Davlat departamenti 21 oktyabr kuni husiylar tahdidini hisobga olgan holda, favqulodda bölmagan AQŞ hukumat xodimlari va ularning oila a’zolariga öz xavfsizligi uçun Saudiya Arabistonini tark etiş haqida farmoyiş berdi.

Eronda Saudiya Arabistoni, Pokiston va Turkiya iştirokidagi muzokaralar davom etar ekan, tahlilçilarning aytişiça, “Makka qöşma mudofaa kelişuvi”ning uşbu a’zolari, agar yana uruş boşlanib ketsa, Saudiya Arabistoniga yetkaziladigan ta’sirni maksimal darajada kamaytirişga harakat qiladi. 

“Biroq Eronning strategik hisob-kitoblarida kam narsa özgargani va iştirok etayotgan tomonlarda Eronning strategik fikrlaşiga ta’sir qiliş uçun zarur bölgan riçaglar (ta’sir vositalari) bölmagani sababli, bu muzokaralar juda kam natija beradi”, deydi Karim.

Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiya, Saudiya Arabistoni va Pokiston örtasida joriy yilning 7 avgust kuni imzolangan “Makka qöşma mudofaa töğrisida”gi kelişuvni tasdiqlaş haqidagi qonun loyihasi Turkiya Buyuk Millat Majlisiga kiritilgandi. 16 ta moddadan iborat kelişuvga köra, tomonlardan biriga taşqaridan qilingan qurolli hujum barça tomonlarga qilingan hujum deb hisoblanadi va hujumga uçragan mamlakatga, jumladan, harbiy imkoniyatlar orqali ham yordam körsatiladi. Yangi mamlakatlar kelişuvga faqat uç mamlakatning bir ovozdan roziligi (yakdil qarori) bilangina qöşilişlari mumkin.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing