Turkiya, Saudiya Arabistoni va Pokiston mudofaa kelishuvini imzoladi (video)

Olam

image

Avvalroq, Turkiya, Saudiya Arabistoni va Pokiston o‘rtasida qo‘shma mudofaa kelishuvi imzolanishi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi. Bugun, 7 avgust kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi va Bosh vaziri Muhammad bin Salmon hamda Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif o‘rtasida uch tomonlama mudofaa shartnomasi imzolandi. Bu haqda “Anadolu Ajansı” xabar berdi.

Yangi kelishuv Isroil, Gretsiya va Hindiston matbuotining ham diqqat markaziga tushgan.

Imzolash marosimi Makkada Turkiya Prezidenti va Pokiston Bosh vazirining Saudiya Arabistoniga tashrifi doirasida bo‘lib o‘tgan.

Qayd etilishicha, kelishuv Turkiya, Saudiya Arabistoni va Pokistonning hududiy yaxlitligini himoya qilish, milliy xavfsizligini ta’minlash va umumiy tahdidlarning oldini olishga qaratilgan.

“Makka kelishuvi” mudofaa va xavfsizlik bilan bir qatorda, razvedka ma’lumotlarini almashish, qo‘shma ishlab chiqarish loyihalari va mintaqaviy hamkorlikni ham qamrab oladi.

Kelishuvning asosiy bandlaridan biriga ko‘ra, uch davlatdan biriga hujum qilinsa, qolgan tomonlar ham harbiy jihatdan aralashishi mumkin.

Shu sabab ayrim ekspertlar mazkur tuzilmani “musulmon NATOsi”ning boshlanishi deb atamoqda.

Kelishuv Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Ero‘dg‘an va Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif ishtirokidagi uchrashuv doirasida imzolangan.

Ma’lum qilinishicha, Saudiya Arabistoni va Pokiston o‘rtasida bunday mudofaa kelishuvi 2025 yilda tuzilgan. Turkiyaning qo‘shilishi esa uch davlat o‘rtasida yangi strategik mudofaa tizimi shakllanishiga olib kelgan.

Mazkur yaqinlashuv Isroil, Gretsiya va Hindistonni ham xavotirga solgan.

Isroilning “Jerusalem Post” nashri Turkiyaning harbiy salohiyati, Pokistonning yadroviy qudrati va Saudiya Arabistonining iqtisodiy imkoniyatlari birlashishi mintaqadagi geosiyosiy muvozanatga ta’sir qilishi mumkinligini yozgan.

Gretsiyaning ERT telekanali esa Turkiyaga hujum qilingan taqdirda, kelishuv Saudiya Arabistoni va Pokistonning ham harbiy harakatlarga qo‘shilishiga sabab bo‘lishi mumkinligiga e’tibor qaratgan.

Hindistonning “Times of India” nashri Turkiya va Pokiston o‘rtasidagi harbiy hamkorlikni qayd etib, Anqara Pokistonning dronlar va quruqlikdagi qo‘shinlar salohiyatini oshirishga yordam berayotganini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing