Turkiya parlamenti faoliyatini to‘xtatdi
Olam
−
06 fevral 2023
13366Turkiya Buyuk Millat Majlisi (parlamenti) mamlakat janubi-sharqida ro‘y bergan vayronkor zilzila tufayli bir haftaga o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda bugun, 6 fevral kuni iqtidordagi “Adolat va taraqqiyot” partiyasi parlamentdagi fraksiyasi rahbari Mustafo Elitash ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qaror parlamentda vakillik qilgan barcha siyosiy partiyalar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.
Elitash, qonunchilar zilziladan jabr ko‘rgan fuqarolarga yordam berish uchun falokat hududida bo‘lishini qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 6 fevral kuni ertalab Turkiyada 7 8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Toshkent vaqti bilan soat 19:00 holatiga ko‘ra, ketma-ket silkinishlar oqibatida 1121 kishi halok bo‘lgan, 7634 kishi jarohatlangan. Silkanishlar Suriya, Livan va Kipr kabi bir qancha qo‘shni mamlakatlarda ham sezildi.