Turkiya shimoli-g‘arbida yana kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 16 mart kuni Turkiya shimoli-g‘arbidagi Bolu viloyatida 4,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda. 

Turkiya hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasi (AFAD) zilzila mahalliy vaqt bilan soat 13:55 da qayd etilganini ma’lum qildi. 

Zilzila epimarkazi Bolu shahrida, o‘chog‘i 8,13 km chuqurlikda bo‘lgan. Zilzila Anqara, Istanbul va Duzjeda ham sezilgan. 

Zilzila oqibatida vayron bo‘lgan binolar, jarohatlangan va qurbon bo‘lganlar yo‘qligi aytildi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqidagi Qahramonmarash viloyatida 7,7 va 7,6 magnitudali ikkita vayronkor zilzila sodir bo‘ldi. Yer qimirlashlari va minglab yerosti silkinishlari respublikaning 11 viloyati va qo‘shni mamlakatlarda sezilgan bo‘lib, ulardan Suriya eng ko‘p jabr ko‘rgan. Turkiyada qurbonlar soni 48 mingdan oshdi. Turkiyaga yetkazilgan tabiiy ofatdan jami zarar, BMT prognozlariga ko‘ra, 100 milliard dollardan oshishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Zilzila Turkiyada zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing