Turkiyada 12 kunda 6 mingta zilzila bo‘ldi
Olam
−
19 fevral 2023
12267Turkiyada 6 fevraldagi halokatli zilzilalardan keyin sodir bo‘lgan yer silkinishlari soni 6 mingdan oshdi. Bu haqda mamlakat hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasi (AFAD) habar berdi.
"6 fevraldan beri zilzilalar soni 6040 dan oshdi. Oddiy vaqtlarda bu zilzilalar soni Turkiyada to‘rt oy davomida qayd etilgan”, deydi boshqarma boshlig‘i Orxan Tatar.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bitta aftershok 6,6 magnitudali, 40 ga yaqini 5 dan 6 ballgacha, yana 436 tasi 4-5 ballgacha bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 6 fevral kuni Turkiyada 7 balldan ortiq (mahalliy vaqt bilan soat 04:17 da – 7,7 ball va 13:24 da – 7,6 ball) bo‘lgan ikkita zilzila sodir bo‘ldi.
Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiyada tabiiy ofat qurbonlari munosabati bilan yetti kunlik milliy motam e’lon qildi. Turkiya davlat bayroqlari butun mamlakat bo‘ylab yarimga hilpiratildi.
Vayronkor zilzila qo‘shni mamlakatlarda, jumladan Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Kipr Respublikasi va Iroqda ham sezildi.