Istanbulda qulashi mumkin bo‘lgan 300 dan ortiq uy buzib tashlandi

Olam

image
0:00
0:00
download

Turkiyaning Istanbul shahrida tez skanerlash usuli yordamida qulash xavfi yuqori deb tasniflangan uylarni buzish jarayoni boshlandi. Bu haqda shahar hokimi Ekrem Imomo‘g‘li Twitter sahifasida ma’lum qildi.

“Bu jarayonni tezlashtirish va rag‘batlantirish maqsadida xavfli binolardagi xonadonlar uchun qo‘shimcha 4,5 ming lira (taxminan 2 mln 700 ming) ajratamiz. Men barchani bu borada hamkorlikka taklif qilaman”, deydi u.

Qayd etilishicha, o‘tgan haftaning oxirida Istanbul ma’muriyati zilzila sodir bo‘lganda bir zumda qulashi mumkin bo‘lgan 318 ta bino borligini aniqlagan. Ularda 10 ming kishi istiqomat qiladi.

“Binolarning 1525 tasi D va E toifalarga, ya’ni yuqori xavf darajasiga kiradi. Biz birinchi navbatda 318 ta bino uchun reja tayyorladik, ularda 10 000 kishi istiqomat qiladi. Aholi evakuatsiya qilinadi, xonadon egalariga kvartira ijarasi uchun tovon puli to‘lanadi”, deydi Istanbul bosh kotibi yordamchisi Bugra Gyokche.

Turkiya prokurorlariga ko‘ra, vayron bo‘lgan uylar qoidabuzarliklar bilan qurilgan, xususan, beton tarkibidagi qum va shag‘al tarkibi talablarga javob bermasligi aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, 6 fevral kuni Turkiyada 7 balldan ortiq (mahalliy vaqt bilan soat 04:17 da – 7,7 ball va soat 13:24 da – 7,6 ball) bo‘lgan ikkita zilzila yuz berdi. Shuningdek, 20 fevral kuni Hatay viloyatining Dafna va Samandag‘ tumanlarida yana kuchli – 6,4 va 5,8 magnitudali 3 daqiqalik interval bilan ikkita yer silkinishi sodir bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

uy Turkiyada zilzila qulash xavfi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing