Chirchiqda Howo’ning tirkamasi aholi uyini buzib yubordi
3-sahifa
−
18:30 951 1 daqiqa
Bugun, 10 sentyabr kuni Toshkent viloyati Chirchiq shahrida Howo rusumli yuk transport vositasining avtoulovga ulangan yarim tirkamasi chiqib ketib, yo‘l chetida joylashgan xonadonga borib urildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot kotibi Bobur To‘laganov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, soat taxminan 16:00 larda Toshkent viloyati Chirchiq shahri “Sadriddin Ayniy” ko‘chasida 1977 yilda tug‘ilgan haydovchi Howo rusumli yuk transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtida avtoulovga ulangan yarim tirkama texnik sabablarga ko‘ra chiqib ketgan. Shundan so‘ng, tirkama yo‘l chetida joylashgan xonadonga borib urilishi oqibatida to‘xtagan.
Hodisa sababli avtomobil yo‘lida transport vositalari harakati vaqtincha cheklanib, aylanma yo‘llar orqali harakat tashkil etilgan. Voqeada fuqarolar sog‘lig‘iga ziyon yetmagan.
Bildirilishicha, hozirda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan holat bartaraf etilib, avtomobillar harakati to‘liq tiklangan.
Xonadonga yetkazilgan zarar qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanadi. Holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona shahrida haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘l chetidagi chiroq ustuni va daraxtga borib urilgan edi.
Live
Barchasi