Turkiya Qora dengizda yangi yirik gaz konini topdi — Erdo‘g‘an

Olam

image
Erdo‘g‘an Qora dengizdagi qo‘shimcha gaz zaxiralari haqida ma’lumot berdi north_east

Erdo‘g‘an Qora dengizdagi qo‘shimcha gaz zaxiralari haqida ma’lumot berdi

Turkiya Qora dengizdan yangi yirik gaz konini topdi. Unda 135 mlrd kub metr gaz borligi aytilmoqda. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Qor dengizdagi Filyos porti va tabiiy gaz konlarini ekspluatatsiya qilish inshootiga poyodevor qo‘yish marosimidagi nutqida ma’lum qilgan.

“Bizning “Fotih” burg‘ulash kemamiz Sakarya mintaqasidagi Amasra-1 qudug‘ida yangi 135 milliard kub metrli tabiiy gaz konini topdi”, degan Erdo‘g‘an.

Turkiya yetakchisi Qora dengizda aniqlangan jami tabiiy gaz zaxrilari miqdori 540 milliard kub metrga yetganini qo‘shimcha qildi. Asosiysi Amasra-1 qudug‘i atrofida burg‘ulash ishlari davom ettirilyapti va yana yaxshi yangiliklar bo‘lishi mumkin.

Prezident Erdo‘g‘an dengizdagi tabiiy gazni quruqlikka olib chiqish uch bosqichda amalga oshirilishini ta’kidladi. Birinchi bosqichda dengiz tubida gaz qazib olish tizimlari joylashtiriladi, ikkinchi bosqichda gaz quruqlikda qayta ishlanadi va foydalanishga tayyorlanadi. So‘nggi, uchinchi bosqichda dengizdagi tizim va quruqlikdagi ob’ektlar o‘rtasida bog‘lovchi quvurlar o‘tkaziladi.

Preziyednt mamlakatning 2023 yilga mo‘ljallangan maqsadlariga kiritilgan Filyos bandargohi Turkiyani dunyoning eng yirik iqtisodiyotlari o‘ntaligiga olib boradigan muhim infratuzilmalardan biri ekanini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

gaz Turkiya Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

164

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing