Erdo‘g‘an Qora dengizdagi qo‘shimcha gaz zaxiralari haqida ma’lumot berdi

Olam

image

Turkiyaning “Fotih” tadqiqot kemasi Qora dengizdagi yangi konda qo‘shimcha tabiiy gaz zahirasini aniqladi. Bu haqda Turkiya Prezdenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ma’lum qildi.

“Dunay-1” uchastkasidagi “Sakarya” konida tasdiqlangan gaz zaxirasi miqdori 405 mlrd kub metr”, degan Prezident.

Avvalroq, shu kondagi 320 mlrd kub m gaz zaxirasi borligini xabar qilingandi.

Erdo‘g‘anning fikricha bu topilma Turkiyaning import gazga bo‘lgan bog‘liqligini kamaytiradi.

“Bu tabiiy gaz arzonroq bo‘lishini anglatadi. Biz bu xizmatlarni millatimizga nisbatan arzonroq taklif qila olamiz. Bu gazni 2023 yilda xalqimizga yetkazib berishni maqsad qilganmiz”, dedi Erdo‘g‘an qo‘shimcha qilib.

Bundan tashqari, Turkiya rahbari rasmiy Anqara Qora dengiz va O‘rta yer dengizida uglevodorod qidirish ishlari davom ettirilishini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, Turkiya 21 avgust kuni Qora dengizda yirik gaz zaxiralarini aniqlagandi. Hukumat 2023 yilda uni aholiga yetkazib berishni boshlamoqchi.
 


Maqola muallifi

Teglar

gaz Rajab Toyib Erdo'g'an Qora dengiz

Baholaganlar

102

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing