Turkiya Qobul aeroportini qo‘riqlash rejasidan voz kechdi — “Reuters”

Olam

image
“Tolibon” narkotik yetishtirish masalasini hal qilishga va’da berdi north_east

“Tolibon” narkotik yetishtirish masalasini hal qilishga va’da berdi

Turkiya NATO Afg‘onistondan chiqib ketganidan keyin Qobul aeroportini qo‘riqlash rejalaridan voz kechdi, lekin “Tolibon” murojaat qilsa, ularga yordam berishga tayyor. Bu haqda “Reuters” agentligi ikkita manbaga tayanib xabar bermoqda.

Afg‘onistonda 600 nafar askari bor Turkiya NATOning boshqa a’zolari chiqib ketganidan so‘ng, ularni Qobulda qoldirib, aeroportni qo‘riqlash va boshqarishni taklif qilgandi. Anqara bu borada Vashington va Afg‘oniston Prezdenti Ashraf G‘ani bilan muhokama o‘tkazgandi.

Bu rejalar G‘ani iste’foga chiqib, mamlakatdan qochishi, “Tolibon” Qobulni egallashi va minglab afg‘onlar qochish maqsadida aeroportda tartibsizlik keltirib chiqarishi ortidan barbod bo‘ldi.

“Tolibon” Turkiyani Qobul aeroportida qo‘shin saqlash masalasida ogohlantirgandi. Anqara toliblar poytaxtni egallashdan oldin bu ogohlantirishni inobatga olmagandi.

“Ayni paytda Qobul aeroportida tartibsizlik hukm surmoqda. Tartib butunlay izdan chiqqan. Bu bosqichda aeroportni turk askarlari nazoratiga o‘tishi avtomatik tarzda to‘xtatildi”, degan manba.

“Tolibon” harakati Afg‘onistonni tezda egallab olishi oqibatida bu rejalar barbod bo‘ldi. “Tolibon” Qobulga kirgunga qadar Turkiya rasmiylari Anqara bu rejalarga sodiq qolishini va yakuniy qaror qabul qilishdan avval voqealar rivojini kuzatishini aytgandi.

Qayd etish kerakki, joriy yilning may oyida AQSH boshchiligidagi xalqaro koalitsiya kuchlari Afg‘onistonni tark etishni boshlashi ortidan “Tolibon” harakati hukumat nazoratidagi hududlarni egallab ola boshlagandi. Joriy yilning 15 avgust kuni esa Qobul shahri jangsiz egallanishi bilan mamlakatda hokimiyat “Tolibon” qo‘liga o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Tolibon

Baholaganlar

202

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing