“Tolibon” narkotik yetishtirish masalasini hal qilishga va’da berdi
Olam
−
17 avgust 2021
23952“Tolibon” harakati vakili Zabihulla Mujohid Afg‘oniston giyohvand modda yetishtirishni to‘xtatishini e’lon qildi. Bu haqda “Al-Jazeera” telekanali xabar qildi.
“Afg‘oniston giyohvand moddalarning hech qanday turini yetishtirmaydi... Endi hech kim narkotik kontrabandasida ishtirok eta olmaydi... bundan byon Afg‘oniston giyohvand moddalardan holi davlat bo‘ladi”, degan Mujohid matbuot anjumanida.
“Tolibon” vakili bu maqsadga erishish uchun xalqaro yordam kerak bo‘ladi. Negaki aholini boshqa ekinlarni yetishtirishi uchun imkoniyat kerak.
Qayd etish kerakki, joriy yilning may oyida AQSH boshchiligidagi xalqaro koalitsiya kuchlari Afg‘onistonni tark etishni boshlashi ortidan “Tolibon” harakati hukumat nazoratidagi hududlarni egallab ola boshlagandi. Joriy yilning 15 avgust kuni esa Qobul shahri jangsiz egallanishi bilan mamlakatda hokimiyat “Tolibon” qo‘liga o‘tdi. Harakat Afg‘oniston Islom Amirligini qayta tiklash niyatida.
Afg‘onistonda hokimiyat toliblar qo‘liga o‘tishi bilan Prezident Ashraf G‘ani iste’foga chiqib, mamlakatni tark etdi. Biroq, u qayerga ketgani hozircha noma’lum. Bu orada G‘ani Tojikiston, O‘zbekiston va Omon sultonligi kabi davlatlarga borgani haqida xabarlar tarqaldi. Yakunda bu ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topmadi.
LiveBarchasi